Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ikki qo‘shni xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikki qo‘shni xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «dyxx.uz»

2019-yilning 19-fevral kuni soat 14.34da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Uchtepa tumani «Ko‘rkam Obod» mahallasi, Nashriyot ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lum qildi.

Xabar asosida zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Bo‘linmalar soat 14.39 da voqea joyiga yetib kelib, yong‘in soat 15.17da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida Nashriyot ko‘chasida joylashgan 99-B uyning 110 kv.metr maydonida va 99-V uyning 90 kv.metr maydonida tomi, shift qismi va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar yo‘q. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning 250 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring