Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Kaptiva» va «Kobalt» to‘qnashdi

Toshkentda «Kaptiva» va «Kobalt» to‘qnashdi

Foto: uznews.uz

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 1-oktyabr kuni  «Amir Temur – Alisher Navoiy» ko‘chalari kesishgan chorrahada «Kobalt» va «Kaptiva» avtotransportlari ishtirokida YTH yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi A.Yu. o‘ziga biriktirilgan «Kaptiva» rusumli avtomashinani «Amir Temur – Alisher Navoiy» ko‘chalari chorrahasida haydab ketayotib, asosiy yo‘ldan kelayotgan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Z.E. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinani o‘tkazib yubormasligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Kobalt» avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring