Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda metroni portlatish bilan tahdid qilishdi

Toshkentda metroni portlatish bilan tahdid qilishdi

Foto: «Mir metro»

Kecha, 22-fevral soat 15:40 larda 1009 xizmatiga o‘zini «Doniyor» deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qilib, «Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi», deb go‘shakni qo‘yib qo‘ygan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qo‘ng‘iroqni Shayxontohur tumanida yashovchi D.X. amalga oshirgani aniqlanib, uni ushlash choralari ko‘rilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring