Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshshahartransxizmat» nogiron odamni avtobusga chiqarmagan haydovchini jazoladi

«Toshshahartransxizmat» nogiron odamni avtobusga chiqarmagan haydovchini jazoladi

Toshkentning Shimoliy vokzal bekatida nogiron shaxs 62 hamda 13t-yo‘nalishida qatnovchi avtobusga chiqmoqchi bo‘lgan. Haydovchilar esa pandus ochilmayotganini bahona qilib, yo‘lovchini olmagan.

2019-yilning 20-fevral kuni bo‘lgan voqea norozilikni keltirib chiqargan. Mazkur holat «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati tomonidan o‘rganilgan. Mas’uliyatsiz haydovchilar 10 kunlik xo‘jalik ishlariga o‘tkazilgan.

Kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida haydovchilardan kafolat xatlari olingan. Ularga pandusni ishlatish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etilgan.

«Ayrim mas’uliyatsiz haydovchilarning bunday xatti-harakatlari «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlarga soya solmoqda. Bu kabi yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘ladigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maxsus buyruq qabul qilindi. Unda korxona rahbarlari va haydovchilarining vazifalari yana bir karra mustahkamlandi» deyiladi «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring