Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qalbaki pul tayyorlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda qalbaki pul tayyorlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Foto: «GUVD.uz»

2018-yilning fevral oyi boshlarida I.B.I., A.F.R., K.D.B. va I.Sh.M. o‘zaro jinoiy til biriktirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy pul birligi hisoblangan so‘mni qalbakilashtirishni rejalashtirgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 50 000 so‘mlik kupyuralardan iborat bo‘lgan jami 100 dona 5 000 000 so‘m qalbaki pullarni yasaganlar va mazkur pullarning 3 600 000 so‘mini noqonuniy ravishda o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab kelganlar.

Foto: «GUVD.uz»

Kecha, 7-fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida ushbu to‘rtovlon Yashnobod tumani joylashgan do‘konda avvaldan yasalgan qalbaki pullar evaziga mahsulot harid qilmoqchi bo‘lganliklari aniqlanib, ushlanganlar va ulardan 1 400 000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring