Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Sejong universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Sejong universiteti filiali ochiladi

Foto: «Faceebook» / Maktabgacha ta’lim vazirligi

Yangi o‘quv yilida Toshkentda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti filiali ochiladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining «Faceebook»dagi sahifasida xabar berildi.

Yangi universitetda bolalarni erta rivojlantirish, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar hamda turizm fakultetlari faoliyat olib borishi ko‘zda tutilmoqda.

Payshanba kuni O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Sojong universiteti rektori Xong Yong Kim Toshkentda OTM filialini ochish bo‘yicha bayonnomani imzoladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozir filialni joylashtirish uchun joy aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sentyabrda poytaxtda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali ham ochilishi lozim. Unda maktabgacha pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. filial ochilishi bo‘yicha maqsadlar to‘g‘risidagi bayonnoma fevral oyida imzolangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring