Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda tez yordam avtomashinasi bilan «Kaptiva» to‘qnashdi

Toshkentda tez yordam avtomashinasi bilan «Kaptiva» to‘qnashdi

Arxiv foto

Foto: «Bibi.uz»

3-aprel kuni Yashnobod tumani Katta halqa avtomobil yo‘li (KHAY) aylanma ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

1993-yilda tug‘ilgan T.K. shaxsiy «Kaptiva» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, «Xyunday» rusumli tez yordam avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada jabrlanuvchi tez yordam avtomashinasi haydovchisi T.J.ga «o‘ng boldir suyak sinishi» hamda avtomashina yo‘lovchisi O.R.ga «infarkt holati» tashxisi bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozir mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring