Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tirbandlik ko‘p kuzatiladigan yana bir chorraha ochib yuboriladi

Toshkentda tirbandlik ko‘p kuzatiladigan yana bir chorraha ochib yuboriladi

Foto: «Xabar.uz»

Hozirgi kunda Toshkent halqa avtomobil yo‘li — Zargarlik — Hamid Nug‘mon ko‘chalari chorrahasida tirbandlik holatlari ko‘p kuzatilmoqda.

Ushbu tirbandlikni bartaraf etish uchun Toshkent halqa avtomobil yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi «Avtomagistral» birlashmasi bilan hamkorlikda bir necha tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deyiladi Toshkent shahar YHXB xabarida.

Jumladan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining «Bek to‘pi» savdo majmuasi oldidagi qismida svetofor bilan boshqariladigan yangi chorraha ochiladi. Natijada Toshkent halqa avtomobil yo‘li bilan Hamid Nug‘mon ko‘chasi kesishgan joyda yopiq turgan chorraha ochib yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring