Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yon qo‘shni uch bosqinchi bilan olishdi

Toshkentda yon qo‘shni uch bosqinchi bilan olishdi

Foto: «Podrobnosti.mk.ua»

2019-yil 19-may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi S.G., S.M. va muqaddam sudlangan J.M.lar Tabrik ko‘chasida yashovchi 56 yoshli S.G.ni uyiga bostirib kirgan va u yerda S.G.ning turmush o‘rtog‘i hamda qizini qo‘rqitib, pul talab qilayotgan vaqtida uyda shovqin ko‘tarilgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shovqinni eshitib, ularning oldiga chiqqan qo‘shnisi A.Yo.ga bosqinchilar qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada A.Yo. o‘zini himoya qilish maqsadida bosqinchilardan biri — S.G.ga tan jarohati yetkazgandan so‘ng bosqinchilar voqea joyidan qochib ketishgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida uchchala bosqinchi ham qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring