Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi pista qadoqlash sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi pista qadoqlash sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto:«Kabar.kg»

2019-yil 13-fevral kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida «Bahtiyor Factor» MChJga qarashli pista qadoqlash sexida yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Sex ishchisi,  T.P. (ismli ayol) kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

«Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda», deyiladi IIV xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanidagi fermer xo‘jaligi dala maydonidagi yong‘inda dala qorovuli halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring