Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Toshkentdagi YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2022-yilning 7-iyun kuni soat taxminan 04:00 larda Yakkasaroy tumani, Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasida, haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan B.A. «Matiz» rusumli, davlat raqam belgisi 01 Z 616 NB bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, tezlik oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

YTH natijasida «Matiz» avtomashinasi haydovchisi hamda uning yo‘lovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.K. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring