Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Varshavaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar soni ko‘paytiriladi

Toshkentdan Varshavaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar soni ko‘paytiriladi

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev va «LOT Polish Airlines» aviakompaniyasi prezidenti Mixal Fiyol o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda aviakompaniya prezidenti O‘zbekistonning Polsha uchun tobora muhim turizm va tranzit yo‘nalishiga aylanib borayotganini ta’kidladi. 2024-yil mart oyida Elchixona ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan va hozirgi kunda haftasiga 4 marta amalga oshirilayotgan Varshava – Toshkent – Varshava yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar yuqori talabga ega ekani e’tirof etildi.

2024 yil yakuni bo‘yicha mazkur yo‘nalishda 75 mingdan ortiq yo‘lovchi tashilgani Markaziy Yevropa va Polsha aviabozorida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish tobora oshib borayotganining yaqqol dalili sifatida qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat aviatsiya idoralari o‘rtasidagi amaldagi bitim asosida parvozlar sonini yaqin kelajakda har kunlik rejimgacha ko‘paytirishga kelishib olindi. Shuningdek, «LOT Polish Airlines» tomonidan Samarqand shahriga yangi yo‘nalish ochish imkoniyatlari tahlil qilindi.

«Uzbekistan Airways» va «LOT Polish Airlines» o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan «Codeshare» kelishuvini imzolash, kargo tashuvlari sohasida ham sheriklikni kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida onlayn muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring