Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Tramp Eronni «shartsiz taslim bo‘lishga» chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida «Eron bilan shartsiz taslim bo‘lishdan boshqa hech qanday kelishuv bo‘lmaydi» deb yozdi. 

Tramp taslim bo‘lish va yangi «maqbul rahbar (yoki rahbarlar) tanlanganidan so‘ng,  ittifoqchilar va sheriklar bilan birgalikda Eronni iqtisodiy jihatdan avvalgidan ham kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq qilish uchun tinimsiz mehnat qilamiz» deb qo‘shimcha qildi. 

AQSh prezidenti Eronni «buyuk kelajak» kutayotganini ta’kidladi. 

Bir kun oldin Tramp Eronning yangi rahbariyatini tanlashda ishtirok etishi kerakligini aytdi.

Avvalroq Rossiya Eronga Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy ob’yektlariga zarba berish uchun razvedka ma’lumotlari bergan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring