Tramp HAMASga talab qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS guruhidan 20 nafar isroillik garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni so‘radi.
Tramp haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
"HAMASga ayting, garovdagi 20 kishining hammasini (2 ,5, 7 kishi emas!) zudlik bilan qaytarsin va vaziyat tezda o‘zgaradi. Urush tugaydi!",deya ta’kidlagan prezident.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida jangovar harakatlarni davom ettirib, anklavga katta zarbalar berib, yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni to‘xtatgan edi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi buni Falastinning HAMAS harakati vositachilar va AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff tomonidan muzokaralar chog‘ida ilgari surilgan takliflardan bosh tortgani bilan izohlab, o‘tkazilgan operatsiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini aytdi. HAMAS jangovar harakatlar qayta boshlanganiga Isroil va AQShni aybladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter