Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Maduroga «yaxshilikcha ketish»ni taklif etdi

Tramp Maduroga «yaxshilikcha ketish»ni taklif etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqmasa, kuch bilan ketkazish bilan tahdid qildi.

Tramp Maduro bilan telefon muloqotida bu haqda gapirgan deb xabar beradi manbalar. 

Ikki prezident Nikolas Maduro, uning sheriklari va ularning oilalariga amnistiya talablarini muhokama qilishgan. Ular hozirda AQSh sanksiyalari ro‘yxatida va mamlakatda jinoiy javobgarlikka tortilish xavfi ostida. 

28 noyabr kuni The New York Times AQSh va Venesuela prezidentlari o‘rtasidagi telefon orqali gaplashuv haqida xabar berdi. Gazeta xabariga ko‘ra, suhbat Davlat departamenti Kartel de los Soles (Quyoshlar karteli)ni terroristik tashkilot deb e’lon qilishidan bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan.

AQSh rasmiylari Nikolas Maduro kartelga rahbarlik qilayotganiga ishonishadi.

So‘nggi vaqtlarda Venesuela va AQSh munosabatlari keskinlashdi. Tahlilchilar hatto urush ehtimolidan ogohlantirmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring