Tramp Qatar Isroil hujumidan ogohlantirilganini aytdi. Rasmiy Doxa buni rad etdi

Tramp Isroilning Qatar poytaxti Dohaga uyushtirgan havo zarbasidan oldin Qatar hukumatiga ogohlantirish berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Kerolin Levitt ma’lum qildi.
«Tramp ma’muriyati AQSh harbiylaridan Isroilning HAMASga hujum qilayotgani haqida ogohlantiruv oldi. Afsuski, nishon Qatar poytaxti Dohada joylashgan edi», — dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «suveren davlat va AQShning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Qatarni bir tomonlama bombardirovka qilish – tinchlikka erishish yo‘lida biz bilan birga katta kuch sarflayotgan, xavf-xatarga ham yuz tutayotgan davlatga qarshi qadam hisoblanadi. Bunday harakatlar Isroil yoki Amerika maqsadlariga xizmat qilmaydi. Biroq G‘azo aholisining azob-uqubatidan foydalanayotgan HAMASni yo‘q qilish — ma’qul maqsaddir», — deya ta’kidladi Levitt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp maxsus elchisi Stiv Uitkoff orqali Qatar rasmiylariga xabar berishni buyurgan. Biroq Qatar tomoni buni rad etgan. Xabarlarda aytilishicha, AQSh tomonidan ogohlantiruv ayni portlash paytida yetib kelgan.
Reuters nashrining yozishicha, hujumdan so‘ng, Tramp Netanyahu va Qatar amiri Shayx Tamim bilan gaplashgan. U Qatar rahbariga «bu kabi voqea qayta sodir bo‘lmasligi»ni bildirgan.
Hujum natijasida HAMASning Doxadagi siyosiy mudofaa byurosi a’zolaridan olti nafari, jumladan, Qatarning xavfsizlik xodimi ham qurbon bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter