Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Rossiyaga murojaat qildi

Tramp Rossiyaga murojaat qildi

Foto: «mstrok.ru»

AQSh prezidenti Suriyaga zarba berilishi boshlanishi haqida xabar berarkan, Rossiyaga ham murojaat qildi. «NBC» telekanali bu chiqishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilgan.

«2013-yilda prezident Putin va uning hukumati butun jahonga Suriyadagi kimyoviy qurollar batamom yo‘q qilinishiga kafolat berishgandi», — dedi Tramp. Lekin, AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, bu qurollar yo‘q qilinmagan. «Yaqinda Suriya tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanishi va bunga nisbatan bugungi reaksiya – Rossiyaning o‘z va’dasida turolmasligi natijasidir.

Rossiya bundan keyin ham mavhum yo‘ldan ketaverishni yoki zamonaviy taraqqiyotga ega davlatlar bilan jahondagi tinchlikka erishishni tanlashi kerak», — degan Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring