Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod deputatlar tomonidan ilgari suriladi

Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod deputatlar tomonidan ilgari suriladi

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari tuman va shaharlar hokimi lavozimiga tayinlash borasida amalga oshiriladigan yangilik haqida gapirdi.

— Biz o‘tgan davrda yetarli tajriba to‘pladik va kelgusida quyidagi tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshiramiz.

Birinchidan, mahalla – tom ma’noda jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylanishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz.

Shu maqsadda, avvalo, mahalla tizimining huquq va vakolatlari kengaytiriladi, uni moliyalashtirish manbalari va tartibi takomillashtiriladi.

Bundan tashqari, mahallada fuqarolar uchun davlat va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, davlat organlariga mahalladan turib murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Ikkinchidan, tuman, shahar, viloyat vakillik va ijro hokimiyati tizimi qayta ko‘rib chiqiladi.

Kelgusida, tuman va shahar kengashlarida kamida 2-3 nafar deputat doimiy asosda ishlaydigan tartib joriy etiladi. Ular muammolarni mahallabay o‘rganib, yechimini Kengash muhokamasiga kiritadi.

Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod tuman kengashida eng ko‘p deputatlik o‘rnini egallagan partiya guruhi tomonidan ilgari suriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring