Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tungi klubdagi navbatdagi mushtlashuv: qachon va qayerda sodir bo‘lgan? (video)

Tungi klubdagi navbatdagi mushtlashuv: qachon va qayerda sodir bo‘lgan? (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Internetda bir necha shaxsning ko‘ngilochar maskanlardan birida mushtlashayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Hodisa shu yilning 3-mart kuni Sergeli tumanidagi «Utopiya» tungi klubida soat 2:00lar atrofida sodir bo‘lgani aytildi.

Biroq, Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, ichki ishlar organlariga 3 mart kuni ham, undan keyingi kunlarda ham na bu tumanda va na shaharning boshqa tumanlaridagi ko‘ngilochar maskanlarda tartibsizliklar yuz bergani haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Videoda tasvirlangan mushtlashuv oqibatida jabrlanganlar haqida ham ma’lumot yo‘q.

Shunday bo‘lsada IIBB ushbu videoyozuv qayerda va qachon tasvirga tushirilganini aniqlashtirish uchun surishtiruv boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring