Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada shaxsi noma’lum fuqaro vafot etdi. U o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

Turkiyada shaxsi noma’lum fuqaro vafot etdi. U o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

Foto: Istanbuldagi Bosh konsullik

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligiga joriy yil mart oyida yuborilgan faksogrammada 2020 yil oktyabr oyi boshlarida kuchli zaharlanish oqibatida hushini yo‘qotgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va mobil telefoniga ega bo‘lmagan shaxs Istanbul shahridagi «Göztepe prof. dr. Süleyman Yalçın şehir hastanesi»ga yotqizilgani, keyinchalik «Cinar 2 Bakım Merkezi»ga ko‘chirilgani ma’lum qilingan.

Ushbu shaxs intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilishidan oldin o‘zini 1987 yilda tug‘ilgan «SAID NOMATOV» deb aytgan (O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish mumkin). U 23 mart kuni «Cinar 2 Bakım Merkezi»da vafot etgan.

Ammo hozirgi vaqtga qadar uning shaxsi va qaysi davlat fuqarosi ekaniga oydinlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.

Shu munosabat bilan, ushbu shaxsni taniganlardan Istanbuldagi Bosh konsulxonaga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbuldagi vakiliga  +90 (212) 3232037 raqami orqali zudlik bilan murojaat qilishlari so‘ralgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring