Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turli narx toifalarida yanvarning eng yaxshi Android-smartfonlari aniqlandi

Turli narx toifalarida yanvarning eng yaxshi Android-smartfonlari aniqlandi

RedMagic 11 Pro.

Foto: Nubia

AnTuTu benchmarki turli narx toifalarida narx va unumdorlik nisbati bo‘yicha yanvar oyining eng yaxshi Android-smartfonlari reytingini e’lon qildi.

999 yuangacha (taxminan 1,7 mln so‘m) bo‘lgan budjet modellar:

Ushbu toifada kuchli uchlikdan iQOO Z10x, Redmi Note 15 va OPPO K12s 5G modellari joy oldi.

1999 yuangacha (taxminan 3,4 mln so‘m):

Bu guruh yetakchisi — Redmi Turbo 4. Keyingi o‘rinlarni realme Neo7 Turbo va iQOO Z10 Turbo+ modellari egalladi.

2999 yuangacha (taxminan 5,1 mln so‘m) bo‘lgan subflagmanlar:

OnePlus Ace 6, iQOO Neo10 Pro+ va realme Neo8 ushbu toifasidagi eng yaxshi qurilmalar deb topildi.

3999 yuangacha (taxminan 6,8 mln so‘m) bo‘lgan qurilmalar:

Yuqori segmentda realme GT 8 Pro, Honor WIN va Redmi K90 Pro Max modellari birinchilikni band etdi.

4000 yuandan yuqori (6,8 mln so‘mdan qimmat) flagmanlar:

Eng qimmat segment peshqadami — RedMagic 11 Pro. Undan keyingi pog‘onalarda — Xiaomi 17 va RedMagic 11 Pro+.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, smartfon narxi 4000 yuandan oshganda, «narx/unumdorlik» mezoni ahamiyatini yo‘qotadi. Bunda tanlov ko‘proq foydalanuvchining shaxsiy xohishlari — ekran o‘lchami va turi, tasvir sifati, tizimning umumiy tezligi va boshqa texnik xususiyatlarga bog‘liqdir.

Yaqinda AnTuTu benchmarki mutaxassislari narx/sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2025-yilning eng yaxshi Android-smartfonlarini aniqlashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring