Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyatlar fosh etildi. Turobjon Jo‘rayev YuNESKO talabiga zid qurilish ishlarini olib borgan

Jinoyatlar fosh etildi. Turobjon Jo‘rayev YuNESKO talabiga zid qurilish ishlarini olib borgan

Bugun, 13-iyul kuni xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdan tashqari ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.Abdullayev ishtirok etgan edi.

Yig‘ilishda investitsiya dasturi doirasida 2018-yilning birinchi yarim yilligida umumiy qiymati 356 milliard so‘mlik 446 ta loyihani amalga oshirish orqali 2 ming 774 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan bo‘lishiga qaramay, 1-iyul holatiga amalga oshishi lozim bo‘lgan 58 milliard so‘mlik 44 ta loyiha ishga tushirilmaganligi oqibatida 324 ta yangi ish o‘rinlari yaratilmasdan qolgani aytildi.

Joriy yilda g‘allachilik bo‘yicha 153 ta fermer xo‘jaligi 2 ming 250 tonnalik shartnoma majburiyatini bajarmagan. Shuningdek, 2018 yil hosili uchun viloyat bo‘yicha 2 ming 490 tonna pilla tayyorlash belgilangan bo‘lib, amalda 390 tonna pilla topshirilmadi.

Shu bilan birga, sohalarda yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar mavjud. Kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan patronaj ishlari yetarli emas.

Yoshlar bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida 2018-yilning o‘tgan davrida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan jami 590 ta turli ko‘rinishdagi jinoyatlar sodir etilgan.

«Obod qishloq» dasturiga asosan bu yil viloyatdagi 94 ming aholi yashayotgan 29 ta, kelgusi yil yana 119 ming aholi yashayotgan 42 ta qishloq obod qishloqqa aylantirilib, bu yerda yashayotgan halqimiz uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratiladi. Biroq, viloyatda «Obod qishloq» dasturi ijrosini ta’minlash ishlari sust bormoqda.

Sessiyada Bosh vazir viloyatdagi yana bir qator kamchiliklarni jiddiy tanqid qilib, bunga viloyat hokimining faoliyatidagi jiddiy nuqsonlar sabab ekanligini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, ishlab chiqarish, aholi uy-joylari, ijtimoiy soha ob’yektlari qurish uchun qilgan murojaatlarini viloyatdagi soha rahbarlari faqat manfaat evaziga hal qilib berganiga alohida to‘xtaldi.

Samarqand shahrining tarixiy qismida YuNESKOning talablariga zid ravishda qurilish ishlari olib borilgan va bunga bila turib ruxsat berilgan. Ayrim hollarda tarixiy-madaniy obyektlar buzilishiga sabab bo‘lgan. Xorijlik sayyohlar Samarqandga yangi binolarni emas, asosan tarixiy-madaniy inshootlarni tomosha qilish maqsadida tashrif buyurishini viloyat hokimi, sohaga mas’ul bo‘lgan shaxslar inobatga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring