Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tuxelning «ketish chiptasi»ni «PSJ» olti millionga baholadi

Tuxelning «ketish chiptasi»ni «PSJ» olti millionga baholadi

Foto: «Eurosport»

Tomas Tuxel tez orada «Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyligidan ketadi, shartnomasi muddatidan avval bekor qilingan nemis mutaxassisiga parijliklar yaxshigina badal to‘lashadi.

«Bild» (Germaniya) nashri yozishicha, 47 yoshli mutaxassis badal miqdorini klub rahbariyati bilan kelishib olgan — olti million yevro.

Ta’kidlash kerakki, «PSJ» hali iste’foni rasman e’lon qilgan emas, biroq ko‘p futbolchilar murabbiy bilan ijtimoiy tarmoqlarda xayrlashishga ulgurishgan.

Tuxelning o‘rniga argentinalik Maurisio Pochettino (bir paytlar klub futbolchisi bo‘lgan) kelishi va 2023 yilgacha muddat belgilangan shartnomaga imzo chekishi kutilyapti.

Tomas Tuxel «Pari Sen-Jermen»ni 2018-yil iyulidan beri boshqarayotgan edi. Uning boshchiligida parijliklar barcha turnirlarda 127 o‘yin o‘tkazishgan: 96 g‘alaba, 11 durang va 20 mag‘lubiyat. Tuxel bilan «PSJ» ikki marotaba Fransiya chempioni bo‘ldi va o‘z tarixida birinchi marta YeChL finaligacha chiqdi, ammo «Bavariya»ga yutqazib qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring