Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuxumga o‘xshash toshdan jo‘ja kutgan ota burgut... niyatiga yetdi

Tuxumga o‘xshash toshdan jo‘ja kutgan ota burgut...  niyatiga yetdi

Burgut Merfi

Bu g‘aroyib voqea AQShdagi yovvoyi qushlar qo‘riqxonalaridan birida sodir bo‘ldi.

Merfi laqabli burgut mahalliy aholi orasida juda mashhur. U odamlarga osongina yaqinlashishlariga imkon beradi va suratga tushishni yaxshi ko‘radi.

Bir kuni Merfi g‘oyib bo‘ldi. Qo‘riqxona xodimlari xavotirga tushib, qushni qidirishga tushdi. Ammo ular qushni izlab ovora bo‘lishmadi – Merfi uzoqqa uchib ketmagan edi. U pastroq qoyalarning biriga in qurib, «tuxum» bosib yotardi...

Va qo‘riqxona ishchilari orasida tabiiy savol tug‘ildi: Axir, Merfining jufti yo‘qku! Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki oqboshli burgutlar ota-ona majburiyatlarini teng taqsimlaydi. Ya’ni ota burgut ham tuxumni ona burgut kabi ochib chiqqunicha galma gal bosib yotadi. Shundan kelib chiqilsa, Merfining hatti-harakatida notabiiylik yo‘q edi.

Merfi yemak uchun uchib ketganida, ishchilardan biri qoyaga chiqib, in ichidagi kichikroq dumaloq toshni ko‘rdi. Merfi o‘z instinktlariga bo‘ysungan holda tuxum o‘rniga toshni bosib yotgani ma’lum bo‘ldi.

Merfi shu tarzda ikki oy toshni tuxum sifatida bosib yotdi, albatta natijasiz... Ayni shu vaqtda yana bir voqea sodir bo‘ldi – qo‘shni qo‘riqxonalardan birida burgut polaponi topildi, u yaralangan edi. Aftidan, u inidan tushib ketgan yoki ota-onasi tashlab yuborgan. Bu tabiatda kam uchraydigan holat emas.

Qo‘riqxona xodimlari bir-biri bilan bog‘lanib, polaponni olib kelishga va Merfining iniga qo‘yishga kelishib olishdi...

Shunday qilib, bir kuni Merfi tag‘in ov qilgani uchib ketdi va qaytib kelgach uyada jo‘jani ko‘rdi. Merfi birinchi daqiqalarda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Keyin esa... u dunyodagi eng g‘amxo‘r otaga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring