Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucellni tanlaganingiz uchun minnatdormiz

Ucellni tanlaganingiz uchun minnatdormiz

Kompaniya rahbariyati operator Javlon To‘ychiyevni faxriy diplom va pul mukofoti bilan taqdirladi.

Bir necha kun avval Ucell abonentidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga xat kelib tushdi. 25 yillik tajribaga ega o‘qituvchi Tabassum Kadirovna Alimova arzon narxlar, foydali tarif va xizmatlar uchun kompaniyaga minnatdorchilik bildirdi. COSCOM MChJning (Ucell savdo belgisi) katta oilasi ishonchlari va tanlovlari uchun samimiy izhorini yo‘lladi. Quyida xatning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

«Assalomu alaykum muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich.

Men Respublikamizdagi turli xil telefon kompaniyalaridan foydalanib kelaman. Shu kompaniyalarning ichida Ucell kompaniyasi ish faoliyatini yuqori saviyada yuritishmoqda. Ayniqsa, ular tomonidan xalq uchun sodda, oddiy va qulay tariflar, internet paketlaridan foydalanish to‘g‘ri tashkillashtirilgan. Operatorlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarini vijdondan bajarishyapti. Buning yaqqol misoli – kuni kecha karantin sharoitida meni yaxshi muomala bilan qabul qilib olganligi. Yecha olmagan muammolarimni zudlik bilan hal qilib berdilar.

U yerdagi Ucell mijozlari operatorlardan mamnun bo‘lib ketishayotganlari guvohi bo‘ldim. Men aslida u yerda rahbar bilan gaplashib, o‘z minnatdorligimni bildirmoqchi edim. Afsuski, karantin bo‘lgani sababli uchrasha olmadim. Shuning uchun men minnatdorligimni hamda ularning ish faoliyatini na’munali tashkillashtirilganligini guvohlashga qaror qildim.

Muhtaram Prezident Shavkat Miromonovich, men sizdan iltimos qilar edim shu kompaniya rahbari va xodimlarini alohida belgilangan tartibda «Faxriy yorliq» bilan rag‘batlantirsangiz. Sababi, ular mening muammoimni 15 daqiqada hal qilib berishdi. Xalq uchun qulayliklari juda ko‘p.

Hurmat va ehtirom ila 25 yillik ona tili va adabiyot o‘kituvchisi, Xalq ta’lim vazirligida metodist, «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnalida jurnalist, musahhih bo‘lib ishlagan, hozirda 2-guruh nogironligini olgan Alimova Tabassum Qodirovna».

Javlon To‘ychiyev, front-ofis guruhining operatori:

— Abonentlar bilan kundalik aloqada ularni tinglash va muammolarni tezda hal qilish juda muhimdir. Ish paytida operatorlar yuzlab abonentlarga xizmat ko‘rsatishadi. Front ofisida ikki yil ish faoliyatim davomida men bebaho muloqot tajribasiga ega bo‘ldim.

Yurtimizda karantin ekan, ko‘pchilik front-ofislarga tashrif buyurmay, to‘g‘ri call-markazga qo‘ng‘iroq qilmoqda. Shuning uchun biz u yerdagi operatorlarga yordam beryapmiz. Barcha kelgan abonentlarga, agar savollar yuzaga kelsa, masofadan turib hal qilish mumkinligini tushuntiramiz: call-markaziga murojaat qilib yoki kompaniyaning rasmiy veb-saytida ma’lumot topish mumkin. Agar kerak bo‘lsa, SIM-kartani ham bepul yetkazib beramiz. Bu ularga juda ma’qul. Tabassum opani yaxshi eslayman. Ular tarif rejasini o‘zgartirish uchun ofisga kelgan edilar. Biz samimiy suhbatlashdik va oxirida yangi xizmatlarni ulab berdik, telefonga bir nechta foydali dasturlarni o‘rnatishga ko‘maklashdik. Hozir kompaniyada ko‘plab masalalar soddalashtirdi va endi abonentlar yonida pasport bo‘lishi shart emas, boshqa shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma kifoya. Mana Tabassum Kadirovnaga, biz pensiya daftarchasi asosida xizmat ko‘rsatdik.

Kompaniya rahbariyati operator Javlon To‘ychiyevni faxriy diplom va pul mukofoti bilan taqdirladi.

Har kuni Ucell mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning har bir burchagiga etkazish uchun ishlaydi. Ucell hayotning eng yaxshi sifati hamma uchun foydali va har yerda mavjud bo‘lishiga intiladi.

Ucell kompaniyasining faoliyati va barcha yangiliklar haqida batafsilroq ma’lumotni rasmiy veb-saytda «Kompaniya yangiliklari» bo‘limida topishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring