Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»ning mobil dilerlari xizmatida yangilik (video)

«Ucell» kompaniyasining dilerlari yuqori harakatchanlik va mahalliy bozor sharoitini bilgan holda juda katta hajmdagi ishlarni bajarishga qodir.

Kompaniyaning «Mobil diler» loyihasi abonentlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ko‘chada abonentlarga tez va samarali xizmat ko‘rsatadigan maxsus jihozlangan avtomobil, ko‘chma vitrina yoki mobil shoxobchani bir tasavvur qiling. Endi abonentga eng yaqin ofis yoki statsionar dilerlik markazini qidirib yurish shart emas.

Karantin paytida va aholi punktlarida harakatlanish uchun cheklovlar joriy etilganda, mobil dilerlariga ehtiyoj bir necha bor oshdi. SIM-kartalarni eng qiyin bo‘lgan joylarga ham yetkazib berish zarurati tug‘ildi. Shu sabab kompaniya mobil dilerlar imkoniyatlarini kengaytirishga qaror qildi.

– Respublikamizda bir necha yillardan beri mobil diler xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Oldinlari ular faqat «Damas» rusumli avtomobilda faoliyat ko‘rsatardi. Lekin karantin davrida rahbariyatimiz tomonidan yangi dastur o‘ylab topildi va bu Mobil skuter xizmatidir – deydi Toshkent shahar bo‘yicha savdo bo‘limi vakili Azamat Safoyev. – Bundan tashqari, kompaniyamizning «Chevrolet» – «Lacetti», «Cobalt», «Spark» va «Captiva» rusumli mobil dilerlari ham mavjud.

Buni qarangki, «Ucell» kompaniyasi mobil skuterlar yordamida yengil avtomobillar o‘tib borolmagan joylardagi abonentlarga ham SIM-kartalar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi. Loyiha muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi va bugungi kunda «mobil skuterlar» allaqachon Toshkent shahri va viloyatlarda harakatlanmoqda. Ular ham shu xizmatlarni moslashtirilgan va soddalashtirilgan shaklda taqdim etmoqdalar.

Men «Ucell» aloqa kompaniyasida 14 yildan beri faoliyat olib boraman. Kompaniyamiz uyali aloqa bozorida SIM-karta yetkazib berish xizmatini birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ydi – deydi Savdo va dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish boshqarma boshlig‘i Doniyor Mo‘minov. – Bu xizmat uchun ko‘rib chiqilgan yangi mobil skuter dilerligi esa mijozlarimizga yaratilgan yana bir qulaylikdir. Shu bilan birga kompaniyamiz imidjini ham ko‘tarishi aniq.

Endilikda «Ucell» aloqa kompaniyasiga paxta dalalaridagi foydalanuvchilar ham bemalol murojaat qilishmoqda. Chunki «Ucell»ning mobil skuterlari paxta dalalariga ham osongina kirib borib, o‘sha joyning o‘zida abonentlarga yangi raqamlarni yoqib berishmoqda.

Bugungi kunda COSCOM MChJ («Ucell» savdo belgisi) 2500 dilerlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Kompaniya muntazam ravishda savdo vakillari ishtirokida treninglar o‘tkazadi, hududiy ofislarga sayohat qiladi va uchrashuvlar o‘tkazadi. Dilerlarga mo‘ljallangan barcha dasturlarning o‘xshashlari yo‘q va ular O‘zbekistonda yagona dastur hisoblanadi.

Har kuni «Ucell» mutaxassislari jamoasi mamlakatimizning har bir burchagiga innovatsion texnologiyalarni olib kirish uchun mehnat qiladi. «Ucell» sifatli hayotning hamma uchun foydali bo‘lishi va barcha joyda mavjud bo‘lishini ta’minlashga intiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring