Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchtepa tumani aholisining gazdan qarzi 12,5 milliardga yetdi

Uchtepa tumani aholisining gazdan qarzi 12,5 milliardga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq undirilishi, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish borasida qator ishlar olib borilmoqda.

Lekin ayrim fuqarolar elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorligi hamda uni o‘z vaqtida to‘lab borish bilan bog‘liq achinarli holatlar ham uchrab turibdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Uchtepa tumanida istiqomat qilayotgan S.lar oilasining ham bu boradagi tabiiy gazdan qarzdorligi 6 200 000 so‘mni tashkil qiladi. Ammo ogohlantirishlarga qaramay, ana shu qarzdorlikni uzmay kelayotgani uchun iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yildi.

Ushbu tumandagi yana bir iste’molchi Q.lar oilasi ham tabiiy gazdan qarzdorligi 6 141 800 so‘mni tashkil qilar edi. Mutasaddi tashkilotlar bilan xonadonga borildi va ular ham o‘z vaqtida tabiiy gazdan qarzdorlikni uzmagani uchun tarmoqdan uzildi.

Iste’molchi M.lar ham tabiiy gazdan qarzdorligi 6 093 000 so‘mni tashkil qilgani uchun tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yildi.

Umuman tuman miqyosida 60 100 nafar tabiiy gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, bugungi holatgacha hududning qarzdorligi 12 487 000 000 so‘mni tashkil etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring