Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UFC yulduzi Vanderley Silva bosh miya donoriga aylandi

UFC yulduzi Vanderley Silva bosh miya donoriga aylandi

Foto: «UFC»

Braziliyalik 42 yoshli UFC kurashchisi Vanderley Silva jurnalistlar uchun intervyusida o‘limidan so‘ng bosh miya donoriga aylanish niyatini bildirdi. Bu haqda PVT xabar berdi.

Professional faoliyati davomida Silva ko‘p marta bosh miya chayqalishiga uchragan, uning o‘zi «tuhfasi» fanga asqotishiga umid bildiryapti:

«Bosh miya chayqalishi simptomlariga bag‘ishlangan ma’ruzada qatnashgandim. O‘ylab qarasam, sakkiz marta miyamda chayqalish bo‘lgan ekan. Agressiya, parishonxotirlik, tushkun kayfiyat, uyqusizlik — mana nimadan».

Kurashchi keyingi rejalarni aniqlab olish uchun ayrim olimlarga murojaat qilishga urinib ko‘rganini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring