Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina yangi yil kechasi Rossiya armiyasiga qaqshatqich zarba berdi

Ukraina yangi yil kechasi Rossiya armiyasiga qaqshatqich zarba berdi

Joriy yilning 1-yanvar kuni soat 00:01 da Ukraina armiyasi Himars MLRS raketa tizimi orqali Donetsk viloyatining Makeyevka hududida joylashgan Rossiya harbiy qismlariga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sergey Sevryukov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi Himars MLRS raketa tizimi orqali Makeyevka hududidagi Rossiya harbiy bo‘linmalaridan birining vaqtinchalik joylashgan nuqtasiga oltita raketa uchirgan. Rossiyaning navbatchi havo mudofaa tizimlari ulardan ikkitasini urib tushirgan. To‘rtta raketa esa Rossiya harbiylari joylashgan binoga kelib tushgan.

Raketa zarbasi oqibatida 89 nafar Rossiya harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. Hujumdan so‘ng darhol harbiy qism qo‘mondonligi va ofitserlari, kichik komandirlar va boshqa bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari jabrlanganlarni qutqarish uchun barcha choralarni ko‘rgan.

«Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, yaradorlar tibbiyot muassasalariga evakuatsiya qilindi. Afsuski, halok bo‘lgan safdoshlarimiz soni 89 nafarga yetdi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlar orasida polk komandiri o‘rinbosari, podpolkovnik Bachurin ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring