Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Undiruv qarzdorga taqiq va cheklovlarni qo‘llamagan holda amalga oshiriladi – loyiha

Undiruv qarzdorga taqiq va cheklovlarni qo‘llamagan holda amalga oshiriladi – loyiha

Parlament Quyi palatasi majlisida ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasi bilan soddalashtirilgan tartibda ijro etiladigan ijro ishlari toifasi kengaytirilmoqda.  Xususan, videokonferensaloqa xarajatlarini, kommunal xizmatlar hamda ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallarini yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni, shuningdek bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi ijro hujjatlarini soddalashtirilgan tartibda ijro etish nazarda tutilyapti.

Munozaralarda loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Xususan, parlamentdagi muxolifat fraksiyasi a’zolari takliflaridan kelib chiqib, soddalashtirilgan tartibda ijro etiladigan yuqoridagi ishlar yuzasidan undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘lariga qaratilmasligi belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasida belgilanayotgan normalar undiruv samaradorligini oshirish, murakkab bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning yashash joyiga borib, ularni ortiqcha bezovta qilish holatlarining oldini olish hamda qarzdorga nisbatan ta’qiq va cheklovlarni qo‘llamagan holda undiruvni amalga oshirishga imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.

Bahs-munozaralar va savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring