Urush Yaqin Sharqdagi arab davlatlariga qancha zarar keltirishi aytildi
Yaqin Sharqdagi mojaro mintaqadagi arab davlatlariga umumiy yalpi ichki mahsulotning 3,7 foizdan 6 foizgacha yoki 120 milliard dollardan 194 milliard dollargacha zarar keltirishi mumkin.
Bu hisob-kitoblar BMT Taraqqiyot dasturining «Yaqin Sharqda harbiy kuchayish: mintaqadagi arab davlatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar» hisobotida keltirilgan.
Hisobot Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi mamlakatlari (Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA), Levant mamlakatlari (Iroq, Iordaniya, Livan, Falastin va Suriya) va Shimoliy Afrika mamlakatlari (Jazoir, Misr, Liviya, Marokash va Tunis) ni qamrab oladi. BMT Taraqqiyot dasturiga ko‘ra, Fors ko‘rfazi va Levant mamlakatlari eng ko‘p zarar ko‘radi, ular yalpi ichki mahsulotning 5,2 foizdan 8,7 foizgacha qismini yo‘qotishi mumkin.
Bundan tashqari, Levant va kam rivojlangan arab davlatlarida qashshoqlik darajasi 5 foizga oshadi, ya’ni qo‘shimcha 2,85–3,3 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastga tushadi.
Hisobot mualliflari Yaqin Sharq mamlakatlarini «fiskal, sektoral va ijtimoiy siyosatdagi strategik qarorlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishga» va «iqtisodiyotlarini diversifikatsiya qilish uchun mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga» chaqirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter