Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbek Tigers» kubalik bokschilardan revansh ololadimi?

«Uzbek Tigers» kubalik bokschilardan revansh ololadimi?

Hasanboy Do‘smatov azaliy raqibi Xoanis Argilagosga qarshi ringga ko‘tariladi.

Foto: «Olympicboxing.uz»

Bugun Toshkentdagi «Universal» sport majmuasida WSB musobaqasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli «Uzbek Tigers» jamoasi Kubaning «Cuba Domadores» klubiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Musobaqaning ochilish marosimi soat 18:30da boshlanadi.

49 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov Xoanis Argilagosga qarshi, 56 kg vaznda Shahobiddin Zoirov Robeysi Ramiresga qarshi, 64 kg vaznda Iqbol Xoldorov Endi Kruzga qarshi, 75 kg vaznda Isroil Madrimov Arlen Lopesga qarshi va 91 kg vaznda Sanjar Tursunov Erislandi Savonga qarshi ringga chiqadi.

Foto: «Olympicboxing.uz»

Eslatib o‘tamiz, Kubada bo‘lib o‘tgan birinchi to‘qnashuvda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring