Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlik qiladi

«Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlik qiladi

Foto: «autoagora.gr»

Avtosanoat sohasida malakali kadrlar tayyorlashni yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov hamda «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» MChJ QK boshqaruv direktori Erkinjon Yunusov tomonidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandumga ko‘ra, Jizzax politexnika instituti talabalarining innovatsion texnologik o‘quv dasturlarda o‘qishlarini tashkil etishda ko‘maklashish hamda jahonning eng so‘nggi zamonaviy uskunalarida o‘quv amaliyotlarini o‘tash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari tomonlar turli texnologik tajribalar almashish maqsadida, ishchi aloqalarni o‘rnatishda, shuningdek sermahsul hamkorlik va birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish uchun sharoit yaratishga ko‘maklashib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 16 may kuni «O‘zavtosanoat» AJ hamda «Peugeot Citroen Automobiles S.A» (Fransiya) kompaniyasi o‘rtasida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamg‘armasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring