Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosidagi sessiyada rahbarlik qilmoqda

O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosidagi sessiyada rahbarlik qilmoqda

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 53 davlatning sog‘liqni saqlash vazirlari, xalqaro ekspertlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Muhokamalar sessiyalarga bo‘lingan holda o‘tkazildi. Jumladan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov raisligida o‘tgan yakunlovchi yalpi majlisda mintaqada salomatlikni asrash borasida 2023 yilgacha va undan keyingi rivojlanish bosqichlari keng muhokama etildi.

Mazkur uch kunlik yig‘ilishda tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, favqulodda vaziyatlarda sog‘liqni saqlash samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlarni kuchaytirish hamda ijrosiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan atroflicha muhokamalar yig‘ilish ishtirokchilarida katta qiziqish o‘yg‘otmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring