Vaqt maşinasi: Eşigiga ğişt tirkalgan sovutkiç...
Bolaligim sobiq ittifoqning sönggi ön yilligiga töğri kelgan. Uyimizga birinçi sovutkiç qanday olib kelingani esimda bor. Sovutkiç sotib olişimiz haqidagi gap-sözlar ança oldin boşlandi, ota-onam, öşa vaqtlarda yoş oila, yetarliça pul jamğarib qöyişgandi çamamda. Endi navbat kelişini kutiş qolgandi xolos.
Nihoyat sovutgiç uçun navbat yetib keldi. Kattalar sovutkiçni uyga olib keliş uçun dökonga ketişdi, biz esa intiqlik bilan kutardik. Uzoq kutilgan "mo‘jiza" – "Pomir" sovutkiçi keçga yaqin Gaz-66 maşinasining yuk qismida, heç qanday karton qutisiz, tik holatda keltirildi. Menimça yurib ketayotgan yuk avtomobilida sovutkiçni uşlab keliş ham oson bölmagan. Xursand böldik, ammo bayram uzoqqa çözilmadi – sovutkiçning eşigi nosoz ekan. Sovutkiçdan biror narsa oliş yoki qöyiş kerak bölsa, eşigi bir yonga olib qöyilardi. Bunaqa murakkab operatsiyani yoş bolalar bajara olmasdi albatta, kattalarning yordami kerak bölardi. Eşik sovutkiçni yopib turişi uçun esa tagiga tirkalgan ğişt bölişi şart edi. Onamning aytişiça, öşa eşigi buzuq sovutkiçni olmaganimizda, keyin şu ham nasib qilmasdi ekan. Boşqa kimdir bunday "noyob”, “taqçil" matohni albatta ilib ketardi.

Menimça bunaqa manzara bir men emas, köpçilikka taniş. Jurnalistik faoliyatim davomida köplab tahliliy materiallar tayyorlaganman. Lekin bozor iqtisodiyoti va rejali iqtisodiyot örtasidagi yaqqol farqni heç bir rasmiy statistika bolaligimdagi öşa "ğiştli sovutkiç"çalik aniq ifodalab bera olmaydi.
Taqçillik falsafasi: "Pul bor, ammo mol yöq"
Sobiq ittifoq davridagi iqtisodiy tizimning eng oğriqli nuqtasi taqçillik (defitsit) edi. Odamlarning qölida mablağ bölsa-da, erkin ravişda istagan buyumiga sarflaş imkoniyati çeklangandi. 1980-yillarning örtalari va oxirlarida Özbekistonda yoş oilalarning örtaça oylik iş haqi 110–180 rubl atrofida bölgan. Bir dona örtaça siğimli "Pomir", "Biryusa" yoki "Saratov" sovutkiçi esa 250–380 rubl (yaʼni kamida ikki yarim-uç oylik maoş) turardi. Maişiy texnika – hayotiy zaruratdan köra oilaviy mavqe belgisi va yillab kutiladigan "orzu" edi.
Masalan yoş oila rözğordan orttirib biror narsa sotib oliş uçun köp narsadan voz keçib mablağ yiğar, pul tayyor bölgaç korxona va taşkilotlar röyxati orqali yana bir yildan uç yilgaça navbat kutardi.

Qolaversa, sifat va servis muammosi ham bor edi. Işlab çiqaruvçilar örtasida raqobat yöqligi sababli mahsulot sifatiga eʼtibor past edi. Eşigi buzuq sovutkiçni qaytarib beriş yoki almaştiriş haqida gap ham bölişi mumkin emasdi – çunki örniga boşqasi yöq. Kafolatli servis markazlari va yetkazib beriş xizmatlari deyarli mavjud emasdi.
Tanlov-çi, deysizmi? Uzoq kutganiga erişgan xaridor olayotgan maişiy jihozning rangi, sifati, katta-kiçikligi qiziqtirmagan, dökonga nima kelsa, öşani olardi.
Bozor gapiradi...
Oradan qariyb qirq yil ötib, Özbekistondagi manzara tubdan özgardi. Bugungi kunda mamlakatimiz nafaqat maişiy texnika import qiluvçi, balki öz ehtiyojlarini qoplab, qöşni davlatlar bozorini ham faol egallayotgan yirik işlab çiqaruvçiga aylandi. Özbekistonda örtaça oylik iş haqi rasman 7,2 million söm atrofida bölib, sifatli mahalliy sovutkiçlar 3-4,5 million söm, xorijiy brendlarniki esa 5-8 million söm turadi. Yaʼni bugungi yoş oila yillab pul yiğişi şart emas, bitta oylik maoşiga bemalol sovutkiç xarid qilişi mumkin. Navbatda turiş haqida esa gapiriş ham şart emas, bugungi avlod sovutkiç yoki kir yuviş maşinasi uçun navbatga turişni tasavvur ham qila olmaydi.
Bugun Toşkentdan tortib eng çekka tuman markazlarigaça bölgan savdo majmualari, ixtisoslaşgan dökonlar tarmoqlari hamda onlayn platformalarda minglab turdagi texnikalar muhayyo. "Artel", "Shivaki", "Avalon", "Hofmann", "Samsung", "LG", "Bosch" va boşqa brendlar mahsulotlari yonma-yon turibdi.
Ilgari sovutkiç oliş uçun yillab pul yiğiş va navbat kutiş kerak bölsa, bugun istalgan fuqaro naqd pul, bank kartasi yoki onlayn tölov tizimlari orqali bir neça daqiqa içida xaridni amalga oşirişi mumkin.
Bugungi zamonaviy xaridor eşigi buzuq sovutkiçga qayrilib ham qaramaydi, sotib olingan texnika ham kamida 1-3 yillik rasmiy servis kafolati bilan taʼminlanadi. Agar televizor, sovutkiç yoki sovutkiçda zarraça nuqson bölsa, xaridor uni nafaqat almaştiradi, balki dökondan maʼnaviy zarar uçun uzr ham söratadi.
Endi Özbekiston nafaqat çetdan kirib kelgan mahsulotga "sarğayadi", balki bugun Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga sovutkiç, konditsioner, televizor, gaz plitasi va kir yuviş maşinalarini eksport qiluvçi mintaqaviy xabga aylandi.

Xulosa örnida
Bolaligimdagi öşa sovutgiç eşigiga tirkalgan oğir ğiştni eslaganimda, u şunçaki loydan pişirilgan qöpol matoh emas, balki sobiq ittifoqi iqtisodiyotining ramzi bölganini his qilaman. Öşa tizimda odamlar puli böla turib muhtoj, tanlovi yöq, çorasiz edi. Onamning "şuni olmasak, keyin bu ham nasib qilmaydi" degan sözlari esa butun bir avlodning ana şu noilojlikka könikib qolganidan dalolat berardi. Sovutkiçning buzuq eşigini esa faqat xalqning sabr-qanoati va öşa "ğişt"gina uşlab turardi.
Bugungi manzara tamomila boşqaça. Endi sovutkiçni yuk maşinasi ustida ikki kişi uşlab kelmaydi, uyga kirgan texnika oiladagi eng katta bayram emas, oddiy kundalik hodisaga aylangan. Agar ötmişda eşigi yopilmaydigan sovutkiçga ğişt tirab yurgan bölsak, bugun eşigi oçiq qolsa, özi ovoz çiqarib eslatadigan "aqlli" texnikalar davrida yaşayapmiz.
Taraqqiyotning oliy bahosi ham aslida şu – inson mehnati evaziga munosib hayot keçirişi, rözğori but, köngli xotirjam bölişi şart.
Zafar QOSIMOV


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter