Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Umummilliy birdamlik festivali mamlakatimiz bo‘ylab quloch yozmoqda.
Ayni kunlarda Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramini munosib nishonlash, chekka tumanlardagi mahallalar va ovullarda yangi milliy ruhiyatni yanada kuchaytirish hamda jamiyat birdamligini ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar hamda ijtimoiy loyihalarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” o‘tkazilmoqda.
Festival Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallari uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
“Umummilliy birdamlik festivali” dastlab go‘zal Farg‘ona vodiysi va yurtimizning janubiy sarhadlari qadim Surxon vohasi zaminida start oldi. Jumladan, 5-6 avgust kunlari Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Buvayda, Bog‘dod, Quva Rishton, Uchko‘prik, Dang‘ara, shuningdek, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Angor, Boysun, Qiziriq, Bandixon tuman va shaharlarida tashkil etildi.
Aytish mumkinki, bu yilgi festival doirasida o‘tkazilayotgan loyihalarning xalqchilligi va maqsadliligi va rang-barangligiga alohida ahamiyat qaratilgan. Jumladan, “Inson qadri”, “Umummilliy birdamlik”, “Dildagi gaplar”, “Maslahat oshi”, “Farovon hayotga ilk qadam”, “Baxtli bolalik sharafiga”, “Shijoat” nomli ijtimoiy, vatanparvarlik loyihalari “Kitob marafoni” aksiyalari, “Qasamyod” spektakli namoyishi, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida gala-konsert dasturlari shular jumlasidandir.
Mazkur loyihalarda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, professor olimlar Narzulla Jo‘rayev, Abduxalil Mavrulov, Feruza Muhiddinova, Taniqli shoiralar Zulfiya Mo‘minova, Sayyora To‘ychiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Gavhar Zokirova, Zamira Suyunova, Mansur Toshmatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar Gulbahor Erqulova, Hamid Toshpo‘latov, Turg‘un Beknazarov, shuningdek, yosh san’atkorlardan Adolat Ismoilova, Erkin Xudoyqulov, Rustam Mirminov, Farruh Botirov, Sevara To‘lanova va boshqa mahalliy san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan festivalga o‘zgacha fayz baxsh etishdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan ushbu festival xalqimiz qalbidan joy olib bormoqda desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Festival sababli ilm-ma’rifat, adabiyot va san’at ahli, kinoaktyor, taniqli xonandalar yurtimiz bo‘ylab chekka tuman, mahallalargacha borib, odamlar bilan yuzma-yuz suhbatlashmoqda. Ular bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda yuz berayotgan voqeliklarning asl mazmun mohiyati borasida dildan suhbatlar qilib, go‘zal she’r, kuy-qo‘shiqlar bilan yurtdoshlarimiz orasida o‘zaro mehr rishtalari bog‘lanmoqda, yuraklarga ezgulik kurtaklarini qadamoqdalar.
Albatta, bunday uchrashuvlar ko‘ngillarda izsiz ketmaydi. Zero odamlar qalbida yuksak insoniy fazilatlar ilm-ma’rifat, mehr-saxovat, hamjihatlik, milliy birdamlik, bag‘rikenglik kabi tuyg‘ularning jo‘sh urishi va aholida ijtimoiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Buvayda, Bog‘dod, Qumqo‘rg‘on Boysun, Qiziriq tumanlarida “Umummilliy birdamlik”, “Inson qadri”, “Maslahat oshi”, “Dildagi gaplar” loyihalari tashkil etildi.
Farg‘ona shahridagi musiqali drama teatrida “Qasamyod” spektakli namoyishi, Qo‘qon va Termiz shaharlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida gala-konsert dasturlari o‘tkazildi.
Quva, Jarqo‘rg‘on, tumanlarida joylashgan harbiy okrug qo‘shinlar qo‘mondonligida “Shijoat” vatanparvarlik loyihasi, bolalar oromgohlarida “Baxtli bolalik sharafiga”loyihalari shular jumlasidandir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter