Vazifam marshrutlarni chizishgina emas, ishonchli transport aloqalari ham – Anvar Faridov, mutaxassis

O‘zbekistonda bugun xalqaro tashuvlar bilan bir qatorda temir yo‘llar sohasi ham yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ygan. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar va raqamli transformatsiya jarayonlarida yosh mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Ular orasidan ajralib turadigan fidoyi kadrlardan biri – 26 yoshli Anvar Faridov.
U ayni paytda o‘zi faoliyat olib borgan sohani rivojlantirish maqsadida Nyu-Yorkda ilm olyapti, ilmiy izlanishda.
– Samarqand shahrida tug‘ilganman. Yoshligimda temir yo‘l transporti va logistika sohasiga qattiq qiziqardim. Maktab va Samarqand temir yo‘l kollejini a’lo baholar bilan tamomlaganimdan so‘ng, Toshkent davlat transport universitetida tahsilni davom ettirdim.
2021 yilda «Yuk tashishni tashkil etish va transport logistikasi» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olib, keyinchalik «Temir yo‘lda xavfsizlikni ta’minlash» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani ham a’lo baholar bilan bitirdim, – deydi Anvar Faridov.
– Mehnat faoliyatingiz-chi? Qayerda ish boshlagansiz?
– Ish faoliyatimni2017 yil Samarkand kasb-xunar kolledjini bitirib Samarkand temir yo‘lyuk bekatining yuk tashuvral xujatlari operatori lavozimiga ishga kirganman. Ammo uch oy davomida mehnat faoliyatimni olib borgach, Toshkent davlat temir yo‘l muhandislar institutida tahlis olish sharafiga muyassar bo‘ldim. 2021 yil aprel–avgust oylarida institutning 4-chi bosqich talabasi bo‘lgan davrimda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatidagi amaliyotdan boshlaganman desam ham bo‘ladi. Bu tajriba menga nafaqat nazariy bilimlarni amalda qo‘llash, balki mamlakatning eng yirik transport kompaniyasining ish jarayonlarini yaqindan o‘rganish imkonini berdi.
Shundan so‘ng logistika bo‘yicha mutaxassis sifatida kompaniyaning Logistikani rivojlantirish va raqamlashtirish boshqarmasida ish boshladim. Arzimas ishlarimiz 2022 va 2023 yillarda kompaniya rahbariyati tomonidan e’tirof etilib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandik.
– Qisqa vaqt ichida lavozimingiz ko‘tarildi...
– 2023 yil avgust oyidan «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning tashqi tashishlar strategiyasi bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandim. Bu xalqaro muzokaralar, konferensiyalar va transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan strategik yig‘ilishlarda ishtirok etish degani edi.
Bu orada «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston», «O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» kabi xalqaro temir yo‘l loyihalari, shuningdek «BMTT – Xitoy – Turkiya – Yevropa» multimodal transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etdim. Faoliyatim nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa transport tizimini mustahkamlashiga umid qilardim...
Mening vazifam faqat marshrutlarni chizish emas, balki davlatlar o‘rtasidagi ishonchli transport aloqalarini qurishdan iborat edi.
Anvar Faridov 2023 yilning oxirida AQShda o‘qish uchun talabalik vizasini qo‘lga kiritdi. 2024 yil boshida u Mayami va Nyu-York shaharlarida ingliz tilini chuqur o‘rganishni boshladi.
Bu qadam uning kelgusi xalqaro faoliyati uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi aniq. Anvarning fikricha esa xorijdagi tajriba va bilimlar O‘zbekiston temir yo‘llarini zamonaviy, innovatsion yo‘nalishda rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter