Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vetnamda superstadion qurilishi boshlandi

Vetnamda superstadion qurilishi boshlandi

Foto: Daily Mail

Daily Mail yozishicha, Vetnam poytaxti Xanoyda dunyodagi eng katta stadion qurilishi boshlandi — unga 135 000 tomoshabin sig‘adi. 

Loyiha qiymati 38 milliard AQSh dollari atrofida. Stadion qurilishi 2028-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Stadionni loyihalashda qadimgi Vetnam madaniyati ramzi, jamoaviy ruh, kuch-qudrat va uzoq umr ko‘rishni ifodalovchi bronza baraban (Dong Son)dan ilhom olingan.

«Bronza baraban» sig‘imi bo‘yicha Shimoliy Koreyaning «Birinchi may» (114 000 tomoshabin) hamda Marokashdagi 2030-yilgi jahon chempionati uchun qurilgan «Hasan II» (115 000) stadionlaridan o‘tib ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring