Video: Dunyodagi eng katta samolyot sinovdan o‘tkazildi
«Stratolaunch» samolyoti prototipi.
«Stratolaunch» loyihasining rahbarlaridan biri Pol Allen o‘zining «Twitter»dagi sahifasiga «Stratolaunch» samolyoti prototipining uchish-qo‘nish yo‘lagidagi harakati tasvirlangan videoni joylashtirdi, deb xabar berdi «Hi-News».
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu samolyot havoga 250 tonna yukni ko‘tarishga qodir (o‘zining og‘irligi esa 230 tonnaga teng). Birinchi sinov parvozi 2019-yilga mo‘ljallangan.
«Stratolaunch» raketa-tashuvchi havo platformasidan quyi orbita orqali yuklarni tashishda foydalanishni rejalashtirmoqda. Agarda samolyot parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirsa, u eng yirik samolyotga aylanadi: samolyot qanotlarining uzunligi 117 metrga teng.
Sinov 24-25-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Samolyot dvigatellari va bort tizimi ishini tekshirish uchun bir necha bor yo‘lak bo‘ylab harakatlantirildi. «Stratolaunch» uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘z tezligini 40 uzelga qadar yetkazdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter