Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xabar.uz» kolumnisti megatanlov g‘olibi bo‘ldi

«Xabar.uz» kolumnisti megatanlov g‘olibi bo‘ldi

Adliya vazirligi tomonidan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» nomli megatanlov e’lon qilingan edi. Quvonarlisi, «Xabar.uz» portali kolumnisti, bloger G‘ayrat Yo‘ldoshev «Eng yaxshi blogpost uchun» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

U «Ikki qo‘ldan chiqayotgan qars», «Mantiqsiz mantiq»lar», «Korrupsiyani urchitayotgan imtiyozlar» kabi turkum blogpostlari uchun 1-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, 2 oy davom etgan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun 56 ta jurnalistik material, 89 ta blogpost, 8 ta ijtimoiy rolik kelib tushdi.

Bundan tashqari, maktab kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan tanlov doirasida 22 136 ta insho yozildi.

Bu esa o‘z navbatida, jamiyatda, ayniqsa yoshlarimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanayotganligidan dalolat beradi.

Hakamlar hay’ati tomonidan barcha materiallar sinchiklab o‘rganildi va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Bunda hakamlar hay’ati tomonidan «Eng yaxshi ijtimoiy rolik» yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etilgan materiallar kamligi va saviyasi inobatga olinib, ushbu nominatsiya bo‘yicha qo‘yilgan sovg‘alar bilan «Eng yaxshi insho» nominatsiyasi bo‘yicha faol ishtirok etgan yoshlarni taqdirlash maqsadga muvofiq deb topildi.

Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

Oliy sovrin g‘olibi:

  • Mirmanov Rahim Romanovich – «Bolalarning yangi o‘yini» nomli ijtimoiy rolik uchun (sovg‘a – iPhone X smartfoni).

«Eng yaxshi jurnalistik material uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin: Boxodirova Aziza Isroilovna – «Na postu» gazetasida chop etilgan «Nachinayetsya vse odinakovo» tahliliy maqolasi uchun (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);
  • 2-o‘rin: Fayziyeva Xolida Ahmadjonovna – «Hurriyat» gazetasida e’lon qilingan «Qush falsafasi. Hatto go‘rkov ham ta’magir» nomli tahliliy maqolasi uchun (sovg‘a – Notebook);
  • 3-o‘rin: Arslonov Adham Bozorovich – «Mahalla» telekanalidagi «Fikrlar chorrahasi» teledasturi uchun (sovg‘a – televizor).

«Eng yaxshi blogpost uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin: Yo‘ldoshev G‘ayrat Asatovich – ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan «Ikki qo‘ldan chiqayotgan qars», «Mantiqsiz mantiq»lar», «Korrupsiyani urchitayotgan imtiyozlar» kabi turkum blogpostlari uchun (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);
  • 2-o‘rin: Qurbonova Aziza Abdusabitovna – «O‘zi nima gap?» loyihasi uchun (sovg‘a – Notebook);
  • 3-o‘rin: Jabborov Fozil Farhodovich – «Chidagin bolam-a, chidagin!» blogposti uchun (sovg‘a – televizor).

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Eng yaxshi insho uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin: Hamroqulov Sindor Bobomurod o‘g‘li – Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);
  • 2-o‘rin: Qalbayeva Zulqumar Pulatboyevna – Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);
  • 3-o‘rin: Qurbonov Davronbek Mamadiyor o‘g‘li – Navoiy davlat pedagogika universiteti talabasi (sovg‘a – telivizor).

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida «Eng yaxshi insho uchun» nominatsiyasi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin: Yusufjonova Mashhura Baxtiyor qizi – Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);
  • 2-o‘rin: Mamadiyorova Hilola Erkiyor qizi – Toshkent viloyati Bekobod yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi (sovg‘a – Notebook);
  • 3-o‘rin: Abduhakimova Mahliyo Faxriddin qizi – Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi o‘quvchisi (sovg‘a – televizor).

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2018 yil 6 dekabr kuni soat 11-00 da Toshkent shahridagi «INTERNATIONAL HOTEL TASHKENT» mehmonxonasida (Yunusobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi 107A-uy) o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring