Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xabar.uz»da yozilganidan so‘ng sud qarorlari bekor qilinib, xodima ishga tiklandi

«Xabar.uz»da yozilganidan so‘ng sud qarorlari bekor qilinib, xodima ishga tiklandi

Kollaj: «Xabar.uz»

Shu yilning iyul oyida «Hamkasbning qarori bekor bo‘lguncha, shaytonning bo‘yni uzilsinmi?» sarlavhali taniqdiy maqola e’lon qilingan edi. Unda homiladorligi ayon bo‘lgan xodima ishdan g‘ayriqonuniy ravishda bo‘shatilgani, uning vazifaga tiklashga oid da’vosi sudning bir necha instansiyasida rad etilgani qalamga olingandi.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati mazkur ish bo‘yicha chiqarilgan oxirgi sud ajrimini bekor qilinib, oliy mahkamaning o‘zida qayta ko‘rib chiqish haqida qaror chiqardi.

Rayosat qaroriga muvofiq, kuni kecha Oliy sudning tegishli sudlov hay’ati mazkur fuqarolik ishini qayta ko‘rib chiqib, da’voni rad qilish haqidagi FIB (fuqarolik ishlari bo‘yicha) Mirobod tumanlararo sudining sudining hal qiluv qarori va uni o‘zgarishsiz qoldirgan FIB Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasi ajrimini bekor qildi. Shu barobarida yangi mazmunda yangi hal qiluv qarori qabul qilib, da’vogar Nargiza Ahmedovani ishga tiklash, uning foydasiga javobgar tomonidan majburiy progul vaqti uchun ish haqi, advokat xizmati chiqimlari hamda ma’naviy zarar undirishni belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, N. Ahmedova 2018-yilning 4-yanvar kuni O‘zbekiston San’at muzeyi bosh direktori o‘rinbosarligidan qonunga zid ravishda chetlatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring