Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirligi qachon asosiy vazirlikka aylanadi? (video)

Xalq ta’limi vazirligi qachon asosiy vazirlikka aylanadi? (video)

Xabar berganimizdek, «Munosabat» tok-shousining navbatdagi soni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi muammolarga bag‘ishlandi.

Ko‘rsatuv boshlovchisining Xalq ta’limi vazirligining nufuzini oshirish strategiyasi haqidagi savoliga vazir o‘rinbosari Alisher Umarov quyidagicha javob qaytardi:

«Bu yerda ikki masala bor. Masalan, sizning oilangizda uchta farzandingizning ikkitasi iqtidorli bo‘lsa, bittasiga «sen bugun ovqat yemay turgin, avval bu ikkovini boqib, o‘qishga kirgizay», deya olmaysiz-ku? Shuning uchun xalq ta’limi vazirligi bir kunda o‘zgarib ketolmaydi. Ammo bizning maqsadimiz kelajakda eng asosiy vazirlikka aylantirish.

Ikkinchi masala. Bugungi kunda bizda 11 mingdan ortiq o‘qituvchiga ish o‘rni bor. Butun dunyoda bunday katta mehnat bozoriga ega sektor yo‘q. Har yili taxminan 20 ming pedagog kadr bitkazadi. Shuning faqat yarmi maktabga keladi. Qolgani qayerga ketyapti? Ularning o‘rniga shu sohaga qiziqadigan kadrlarni topsak bo‘lmaydimi? Biz ana shu savollarga javob topmoqchimiz», — dedi vazir o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring