Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi
Dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining faxriy mehmoni — Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer poytaxtga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral-1 mart kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa IJF taqvimidagi nufuzli reyting turnirlaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning barcha qit’alaridan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
“Katta dubulg‘a” turniri Olimpiya reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqa bo‘lib, undagi natijalar sportchilarning xalqaro reytingdagi o‘rniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, International Judo Federation (IJF) — 1951 yilda tashkil etilgan xalqaro sport tashkiloti bo‘lib, dunyo bo‘ylab dzyudo sport turini boshqaradi. Federatsiya tarkibiga 200 tadan ortiq milliy federatsiya a’zo. IJF jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a”, “Gran-pri” va boshqa yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter