Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xantavirus Isroilda ham qayd etildi

Xantavirus Isroilda ham qayd etildi

Xantavirus qayd etilgan hududlar.

Isroilda xantavirus infeksiyasining birinchi holati aniqlandi. Bemor virusni Sharqiy Yevropada yuqtirgan deb taxmin qilinmoqda va alomatlar paydo bo‘lganidan bir necha oy o‘tgach davolanishga murojaat qilgan. 

Maariv nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bemorning ahvoli barqaror. Virus shtammi Yoxannesburgdagi MV Hondius kruiz kemasida avj olgan shtammdan farq qiladi. 

Isroilda topilgan Yevropa shtammi odamlarga faqat kemiruvchilar orqali yuqadi. Kruizda aniqlangan Janubiy Amerika «Andes» shtammi kamdan-kam hollarda odamdan odamga yuqishi mumkin. 

MV Hondiusda hantavirus avj olganidan keyin uch kishi — niderlandiyalik juftlik va Germaniya fuqarosi halok bo‘ldi. Kema hozirda Ispaniyaga yo‘l olmoqda, u yerda yo‘lovchilar evakuatsiya qilinmoqda. Kruizda 147 kishi — 88 yo‘lovchi va 59 ekipaj a’zosi bo‘lgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bortda yetti kishi virus yuqtirgan.

Xantavirus — odamga kemiruvchilardan yuqadigan viruslar guruhi. U o‘pka yoki buyrak shikastlanishi kabi og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Kasallik isitma, bosh va mushak og‘riqlari, ko‘ngil aynishi hamda charchoq kabi belgilar bilan kechadi. Virusga qarshi maxsus davo yo‘q, bemorlarga qo‘llab-quvvatlovchi terapiya qo‘llanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aholi uchun umumiy xavf past darajada qolayotganini va virusning oddiy kundalik muloqot orqali yuqishi bo‘yicha hech qanday dalillar yo‘qligini ma’lum qildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring