Xavfsizlik kamari taqishdan ozod etiladigan shaxslar ro‘yxati e’lon qilindi
Xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
«Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar» ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul beriladi.
Ro‘yxatga jami 20 turdagi kasallik va holatlar kiritilgan:
Jarohatlar va sinishlar: o‘mrov, to‘sh suyagi, yelka kamari, qovurg‘alar va umurtqa pog‘onasining sinishi holatlarida.
Nafas olish tizimi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va bronxial astmaning IV bosqichi, shuningdek, o‘pkaning bir qismi yoki bittasi butunlay olib tashlangan holatlar.
Yurak-qon tomir tizimi: Surunkali yurak yetishmovchiligining III va dekompensatsiya bosqichi, og‘ir infarkt va ishemiya holatlari.
Jismoniy holatlar: III darajali (morbid) semizlik (TMI 40 dan yuqori).
Bo‘yi 150 santimetrdan past bo‘lgan shaxslar (nanizm).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter