Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri Nazar Atagarayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmatini boshqarib kelgan general-mayor Dovletgeldi Meredov tayinlandi.
Bungacha Turkmaniston hukumatida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilgandi: Guvanch Agadjanov, Batir Mammedov va Batir Annayevlar vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Jumgalbek Shabdanbekov tayinlangandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter