Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xiaomi» aqlli yugurish yo‘lagini yaratadi

«Xiaomi» aqlli yugurish yo‘lagini yaratadi

Foto:«Bigmir.net»

«Xiaomi» kompaniyasi kraudfanding platformasida «WalkingPad» nomli yugurish yo‘lakchasini taqdim etdi. Bu haqda «Bigmir» nashri xabar qilmoqda. Yo‘lakcha tezlikni avtomatik boshqaradi va qulay saqlanishi uchun uni yig‘ib qo‘ysa bo‘ladi.

«WalkingPad»ning tezlik diapazoni soatiga 0,5 dan 6 kilometrgacha bo‘lishi mumkin. Konstruksiya 90 kg.gacha bo‘lgan vaznga mo‘ljallangan.

Ishlab chiqaruvchi yugurishni endi boshlaganlarga pult orqali boshqariladigan rejimda shug‘ullanishni tavsiya etadi. Avtomatik rejimda foydalanuvchi old tomondan yugurganda yo‘lakcha tezlashadi, orqa tomondan yugurganda esa sekinlashadi.

Qo‘shimcha imkoniyatlaridan biri — «Mi home» «aqlli» uyni boshqarish ilovasi bilan sinxronlashish. Masalan, yugurish chog‘ida «Xiaomi» televizorida uy bilan bog‘liq statistika ko‘rsatilishi mumkin.

Mashqlardan so‘ng «WalkingPad»ni ikkiga buklab, jihozlar ostiga kirgizib qo‘yish mumkin. Qurilmaning qalinligi bukilgan holda 12,9 santimetrni tashkil etadi. Shuningdek, uni ko‘chirish uchun g‘ildirakchalari ham mavjud.

Ayni damda yo‘lakcha Xitoyda 270 dollarga baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring