Xitoy hukumati mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Xitoy hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi, deydi XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi rasmiy vakili Mi Fen. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«28-mart holatiga ko‘ra tasdiqlangan infeksiya yuqtirish holati uch mingdan kam», — deb izohladi u brifingda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda COVID-19 tarqala boshlagandan beri qariyb 82 mingta yuqtirish holati qayd etilgan, 75 576 ta bemor tuzalgan, 3300 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter