Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy: koronavirus 1868 kishini hayotdan olib ketdi

Xitoy: koronavirus 1868 kishini hayotdan olib ketdi

Foto: «Yandex.uz»

Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 72,4 ming kishidan oshib ketdi, ulardan 1,8 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 12,5 ming nafari kasallikdan forig‘ bo‘lib, shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat berildi. Bu haqda XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lum qilgan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda butun mamlakat bo‘ylab yana 1886 kishi kasallikni yuqtirganligi, 98 ta o‘lim holati va 1701 nafar tuzalgani qayd etildi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusni yuqtirganlar soni 72 436 kishiga yetgan. Ulardan 1 868 nafari bu yorug‘ olamni tark etdi. 12 552 kishi shifoxonadan tuzalib chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring