Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy rahbari armiyani «haqiqiy janglarga tayyorlanishga» chaqirdi

Xitoy rahbari armiyani «haqiqiy janglarga tayyorlanishga» chaqirdi

XXR raisi Si Szinpin Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiylarini haqiqiy jangovar harakatlarga tayyorlanishga chaqirdi. 

Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, u chorshanba kuni armiya jangovar qo‘mondonligining janubiy zonasini tekshirish chog‘ida shunday ko‘rsatma bergan.

Si Szinpin armiya murakkab vaziyat va chaqiriqlarga o‘z vaqtida to‘g‘ri javob berish qobiliyatini yaxshilashi, «Xitoyning dengizdagi hududiy suvereniteti, huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qilishi» kerakligini ta’kidlagan.

Xitoy rahbari, shuningdek, harbiy ishlar sohasida taktika va o‘qitish usullarini yangilash, tadqiqotlarni chuqurlashtirish muhimligi haqida gapirdi.

Xitoy armiyasi o‘tgan hafta Tayvan rahbari Say Invenning AQShga tashrifi munosabati bilan orol atrofida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini kuchaytirdi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring